248 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 12,3 mlrd so'm bo'lgan 325 ta lot 17,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 4 ta
- boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
- Xorazm viloyati, Shovot tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘mlik AT "Xalq Bank" balansidagi qushxona va teri xom ashyosiga ishlov berish binosi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 48 ta
- boshlang'ich narxi 581,7 mln so‘m
- sotilgan narxi 688,4 mln so‘m
- Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 100,8 mln so‘m bo‘lgan Respublika Ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyat filiali balansidagi bino qismi 151,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 184 ta
- boshlang'ich narxi 5,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,2 mlrd so‘m
- yer maydoni 15,4 ga
- Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,5 sotix yеr uchastkasi 3,4 mlrd so‘mga sotildi.
- Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan umumta’lim maktabi qurish uchun 54 sotix yеr uchastkasi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
- Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 2,6 mlrd so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 6 ta
- boshlang'ich narxi 0,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 794 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,4 trln so'm bo'lgan 143 082 ta lot savdoga qo'yilgan.