Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Sentyabr 2020

Bir qator loyihalashtirish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan axborot

Davaktiv agentligining joriy yil 22-iyuldagi “ToshuyjoyLITI” AJ ustav kapitalidagi 61,6% hamda 5-avgustdagi “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ ustav kapitalidagi 81,7% davlat aksiyalar paketlariniini sotish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonlariga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Abrau Capital” kompaniyasining taklifiga asosan, mazkur sotish jarayonlarida raqobat muhitini taʼminlash maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “ToshuyjoyLITI” AJ hamda “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ lardagi davlat aksiyalar paketlarini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024-yil 15-oktyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qilinadi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: almo@abraucapital.com.

Avvalgi chop etilgan “ToshuyjoyLITI” AJ va “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ davlat aksiyalar paketlarini sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonlarning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan yuqoridagi havolalar orqali tanishingiz mumkin.

 

3648 Chop etish