Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Fevral 2023

"Toshkent" Respublika fond birjasida “Yangiyul yog‘-moy" AJ, “Qo‘qon yog‘-moy" AJ va “Toshneftgazqurilish" AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha salohiyatli xaridorlar aniqlandi

Joriy yilning 3 fevral kuni “Toshkent” Respublika fond birjasining muzokarali auksion tartibida ishlovchi "Nego Board" savdo tizimida turgan quyidagi yirik aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha salohiyatli xaridorlar aniqlanib, ular bilan bitimni amalga oshirish huquqini beruvchi kelishuv tuziladi:

Keyingi bosqichlarda, Sotuvchi va Sotib oluvchi o‘rtasida 5 ish kuni ichida mazkur aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha Kelishuv shartnomasi imzolanadi. Kelishuv shartnomasi imzolangan kundan boshlab 10 ish kuni ichida bitim amalga oshiriladi. Bitim amalga oshirilganidan so‘ng 2 ish kuni ichida aksiyalar sotib oluvchining depo hisob-raqamiga, pul mablag‘lari esa sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. 

3997 Chop etish