Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 May 2023

24-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

1 185 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so'm bo'lgan 279 ta lot 2,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 35 ta
  • Boshlang‘ich narxi 720 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 139,6 mln so‘m bo‘lgan Respublika Xoreografiya ixtisoslashtirilgan maktab-internati balansidagi bino tom qismi 153,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang'ich narxi 152,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 370,1 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,9 ga
  • Buxoro viloyati Qorako'l tumanidan boshlang'ich narxi 13,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1,2 sotix yer uchastkasi 187,5 mln so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati Payariq tumanidan boshlang'ich narxi 4,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,4 sotix yer uchastkasi 26,2 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 98 ta
  • Boshlang‘ich narxi 20,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 150,4 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 117 ta
  • Yer maydoni 47,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 569 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,5 trln so'm bo'lgan 132 884 ta lot savdoga qo'yilgan.
1834 Chop etish