Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Oktyabr 2024

18-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

370 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 52,9 mlrd so'm bo'lgan 358 ta lot 64,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 7 ta 
  • boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m 
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 696,2 mln so‘m bo‘lgan AT "Xalqbanki" balansidagi bino 765 mln so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 563,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidan joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 42,5 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansidagi inshoot qismi 204 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 186 ta 
  • boshlang'ich narxi 27,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29,1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 16,2 ga 
  • Toshkent shahar Shayxontohur tumanidan boshlang‘ich narxi 23,9 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 45 sotix yеr uchastkasi 25,1 mlrd so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 59 ta 
  • boshlang'ich narxi 17,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 18,6 mlrd so‘m 
  • Samarqand viloyati Urgut tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo'lgan deraza va eshik romlari ishlab chiqarish zavodi va savdo do‘koni 1,3 mlrd so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 1 362 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 16,8 trln so'm bo'lgan 144 792 ta lot savdoga qo'yilgan.

3876 Chop etish