Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Oktyabr 2024

17-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

320 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 27,9 mlrd so'm bo'lgan 243 ta lot 34,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 19 ta 
  • boshlang'ich narxi 18,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 22,8 mlrd so‘m 
  • Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino-inshootlari 8,1 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 22 ta 
  • boshlang'ich narxi 524,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 559,8 mln so‘m 
  • Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 54 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga balansidagi bino 59,4 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 113 ta 
  • boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m 
  • yer maydoni 8 ga 
  • Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 503,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 553,9 mln so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 770 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,3 trln so'm bo'lgan 143 504 ta lot savdoga qo'yilgan. 

3590 Chop etish