Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Oktyabr 2024

16-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

504 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 8,5 mlrd so'm bo'lgan 209 ta lot 9,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 3 ta 
  • boshlang'ich narxi 25 mln so‘m
  • sotilgan narxi 27,5 mln so‘m 
  • Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 21,1 mln so‘m bo‘lgan viloyat Adliya boshqarmasi balansidagi bino xonasi 23,3 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 157 ta 
  • boshlang'ich narxi 8,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 10,1 ga 
  • Toshkent shahar Yunusobod tumanidan boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 4 mlrd so‘mga sotildi. 
  • Namangan viloyati, Namangan shahridan boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 1,64 gektar yеr uchastkasi 2,6 mlrd so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 454 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,9 trln so'm bo'lgan 146 000 ta lot savdoga qo'yilgan. 

4124 Chop etish