Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Iyun 2023

1-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 1 003 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so'm bo'lgan 571 ta lot 15,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 4 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi markaziy ombori bino-inshootlarining bir qismi 2,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 37 ta
  • Boshlang‘ich narxi 288,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 3,3 mln so‘m bo‘lgan "Navoiyazot" AJ balansidagi meva-sabzavot do'koni 76,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 47 ta
  • Boshlang'ich narxi 460,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 2,1 ga
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidan boshlang'ich narxi 4,3 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 2,9 sotix yеr uchastkasi 269,4 mln so‘mga sotildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanidan boshlang'ich narxi 6,9 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 39,8 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 61 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 56 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 178 ta
  • Yer maydoni 73,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 8,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 934 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 9,1 trln so'm bo'lgan 133 050 ta lot savdoga qo'yilgan.
1658 Chop etish