Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Aprel 2025

Xivadagi mehmonxonalar va “UZ CHASYS” MChJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Avval xabar berilganidek, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davaktiv agentligi tomonidan “Xiva Plaza” MChJ (“Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasi), “Xiva Lokomotiv” MChJ (“Khiva Lokomotiv Hotel” mehmonxonasi) va “UZ CHASYS” MChJlar ustav kapitalidagi davlat ulushlarini (keyingi oʻrinlarda – "Aktivlar") ochiq savdo jarayonlari boshlangan.

Oʻz navbatida, ushbu Aktivlarni xususiylashtirish jarayonini xalqaro tajriba asosida amalga oshirish maqsadida, Xivadagi mehmonxonalar uchun “RSM Uzbekistan” va “UZ CHASYS” MChJ uchun “Portfolio Investments” (keyingi oʻrinlarda – "Konsultantlar") kompaniyalari xususiylashtirish boʻyicha Konsultant sifatida jalb etilgan.

Avval berilgan axborotga muvofiq, “Xiva Plaza” MChJ boʻyicha 2 nafar, “Xiva Lokomotiv” MChJ boʻyicha 5 nafar“UZ CHASYS” MChJ boʻyicha 2 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazilgan.

Belgilangan muddatlarda “Xiva Lokomotiv” MChJ va “UZ CHASYS” MChJlarning har biri boʻyicha 2 nafar talabgorlardan Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO) qabul qilindi hamda “Xiva Plaza” MChJ boʻyicha takliflar kelib tushmadi. Konsultantlarning tahliliga asosan qabul qilingan takliflar Aktivlarning sotilishi mumkin boʻlgan bozor qiymatdan past boʻlganligini inobatga olib, sotish jarayonlari Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (EoIbosqichidan davom ettirish boʻyicha taklif berildi.

Shunga koʻra, Davaktiv agentligi barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga Aktivlarni ustav kapitalidagi davlat ulushlarini xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) bosqichi muddati 2025-yil 26-may kuni soat 23:59 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, avvalgi chop etilgan Aktivlarni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonlarning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

Diskleymer

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davlat aktivlari agentligi va “Portfolio Investments”ning Aktivlarni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davlat aktivlari agentligi va “Portfolio Investments” oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) savdo jarayonlarining bosqichlari bo‘yicha oʻzgartirish kiritish;

(iii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davlat aktivlari agentligi va “Portfolio Investments” tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iv) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(v) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

Davlat aktivlari agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki ishtirokchilar va potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

223 Chop etish