Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Aprel 2023

18-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 989 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo'lgan 1 613 ta lot 3,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 58 ta
  • Boshlang‘ich narxi 382,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 32,8 mln so‘m bo‘lgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti balansdagi o’quv binosining bo‘sh turgan qismi 206,4 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 29 ta
  • Boshlang‘ich narxi 228 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 808,8 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,2 ga

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidan boshlang'ich narxi 7,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5 sotix yer uchastkasi 40,4 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati, Qo’shtepa tumanidan boshlang'ich narxi 48,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 53,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 63 ta
  • Boshlang‘ich narxi 18,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 438,4 mln so‘m

Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 10 mln so'mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 1 450 ta
  • Yer maydoni 393 ga
  • Normativ qiymati bo’yicha ijara summasi 20,4 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo’shimcha to’lov majburiyati 28,5 mlrd so'm

O‘tkazilgan savdolarda 2 778 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 7,9 trln so‘m bo‘lgan 140 986 ta lot savdoga qo‘yilgan.

1341 Chop etish