Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 May 2023

12-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 009 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 5,9 mlrd so'm bo'lgan 685 ta lot 11,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 9 ta
  • boshlang‘ich narxi 3,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank” AJ balansidagi mehmonxona binosi 1,8 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 65 ta
  • boshlang‘ich narxi 882 mln so‘m
  • sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri, Uchtepa tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 31,2 mln so‘m bo‘lgan "Toshkent xalqa avtomobil yo'lidan foydalanish uchastkasi" UK balansidagi bino 253 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 46 ta
  • boshlang'ich narxi 862,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 6 ga
  • Toshkent viloyati, Angren shahridan boshlang'ich narxi 40,7 mln so‘m bo‘lgan kir yuvish, tozalash va yuvinish xonalari qurish uchun 5 sotix yer uchastkasi 48,8 mln so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati, Pastdarg'om tumanidan boshlang'ich narxi 67,2 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalari uchun mo‘ljallangan 18 sotix yer uchastkasi 74 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 61 ta
  • boshlang‘ich narxi 13 mln so‘m
  • sotilgan narxi 47,2 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 484 ta
  • yer maydoni 192,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 9,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 16,9 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 705 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,3 trln so'm bo'lgan 133 995 ta lot savdoga qo'yilgan.

1351 Chop etish